Ilyos Zeytullayev: Maydonda qattiq jang kechdi

14.09.2024Superliga

Ilyos Zeytullayev: Maydonda qattiq jang kechdi

Superligada 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bunyodkor jamoasi bu tur safarda Dinamo bilan kuch sinashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bu shunchaki so‘zlar emas. Jamoa bugun maydonda har bir sm uchun jang qildi. Ochiq futbol o‘ynaydigan jamoaga qarshi jang qildik. Men yigitlarimga tashakkur bildiraman. 

Dinamo qanday jamoa ekan?

Ularni o‘rganish qiyin. Ajoyib futbolchilardan tashkil topgan. Juda tajribali murabbiy qo‘l ostida hujumkor va rang-barang futbol namoyish etadi. Biz Dinamoni shtabim bilan birgalikda o‘rgandik. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Parda ortidagi mehnat qilayotganlarga g‘alabani bag‘ishlayman. 

Bunyodkorning natijalari yomonlashganini sababi nima?

Bunga bir nechta javob berishim mumkin. Klub libosi ma’suliyat degani. Bu o‘z tarixiga ega jamoa. Andijon va Navbahor bilan o‘yinlardagidek jang qilsak, hammasi o‘z o‘rniga tushadi.
Ilyos Zeytullayev: Maydonda qattiq jang kechdi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda