Ilgiz Tantashev Jahon chempionatida ishlaydi

10.04.2026PFL

Ilgiz Tantashev Jahon chempionatida ishlaydi

O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev va uning jamoasi joriy yil AQSh, Meksika va Kanadada tashkil etiladigan Jahon chempionati musobaqasida faoliyat olib borishadi. Bu haqida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.


Ta'kidlash joizki, Ilgiz Tantashev Liga bayrog‘i ostida o‘tayotgan musobaqalarda 10 yildan ortiq vaqt mobaynida ishlab kelmoqda. U joriy mavsum Neftchi — Paxtakor, Nasaf — Andijon, Qo‘qon-1912 — Navbahor, OKMK — So‘g‘diyona kabi Superliganing muhim o‘yinlarida bosh hakam sifatida ishladi. 


Liga Ilgiz Tantashev, shunindek, uning yordamchilari Andrey Sapenko va Timur Gaynullinlarga Jahon chempionatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Ilgiz Tantashev Jahon chempionatida ishlaydi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar