Hakim Fuzaylov: Jamoaviy o‘yin endi shakllanib bormoqda
27.03.2025Superliga

Superligada 3-tur bahslari start oldi. Xorazm jamoasi bu tur Buxoro bilan kuch sinashdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bunday o‘yinlar bo‘lib turadi. Mavsumni ajoyib tarzda boshladik. Tarkibimizda Buxoroda to‘p tepgan futbolchilar bor edi va shu sababli biz uchun mazkur bahs prinsipial edi. Natijada, xohish juda ortib ketdi. Buxoroni g‘alab bilan tabriklayman va muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Qo‘rqinchli holat emas, bunaqasi futbolda uchrab turadi. Shunchaki, o‘yinni qayta tahlil qilib chiqib, oldinga intilish lozim.
Birinchi bo‘limda uchrashuvning borishi bizning qo‘limizda edi. 4-5 futbolchimiz “o‘yindan tushib” qolganidan so‘ng vaziyatni o‘nglash qiyin bo‘ldi. O‘z maydonimizda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdik. Mag‘lubiyat albatta alamli bo‘ldi. Ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz va xatolar ustida ishlaymiz.
Jamoa yig‘ishda biroz kech qoldik, tarkibning 70 foizi o‘zgardi. Shunga qaramay, jismoniy ko‘rsatkichlarimiz yaxshi, deb ayta olaman. Jamoaviy o‘yinni asta sekin yaxshilab borish orqali shakllantirib bormoqdamiz va hali bundan ham yaxshiroq harakat qila olamiz.