Grigoriy Kolosovskiy: Hammasi boshqacha bo‘lishi kerak edi
22.09.2024Superliga

Superligada 19-tur o‘yinlari davom ettirildi. Metallurg jamoasi bu tur Paxtakorni qabul qildi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovkiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Yana gol o‘tkazdik, vaholanki raqiblarni yaxshi o‘rgangan edik. Olimpik bilan ikkinchi taymdagi sochilib ketgan o‘yinimizdan keyin kerakli o‘zgarishlarni qilgan edik. Samvel Babayan uchrashuvdan oldin bizga kerakli masalaxatlarni berdi. Uning ko‘magi bugun bizga yordam berdi. Bu borada kerakli ishni amalga oshirdik. Cheranning goli bizni biroz shoshirib qo‘ydi, ammo o‘rgangan edik. Demak, yaxshi o‘rganmaganmiz. Birinchi bo‘limda yana yengilyapmiz, keyin hisobni tenglashtirdik, biroq yana standartdan to‘p o‘tkazib yubordik. Yaxshiyamki, yakunda ajoyib gol urdik. Ikki jamoa uchun ham og‘ir o‘yin boldi. Shuningdek, raqibning Al Vasl bilan o‘tkazgan o‘yini ham sezildi.
Metallurg so‘nggi daqiqalarda ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda, bu borada ish olib boriladimi?
Albatta, ishlaymiz. E’tiborsizlik sababli raqiblar so‘nggi daqiqalarda darvozamizni ishg‘ol etishmoqda. Yaxshiyamki, g‘alaba qozondik. Biz bunga qadar ham g‘alabga yaqin edik, ammo omad kelmagan edi. Qayerdadir vaziyat yaratib undan foydalana olmadik. 4 ta durang qayd etdik, ammo hammasi boshqacha bo‘lishi kerak edi.
Yosovich qachon safga qaytadi?
U bu mavsum bizga umuman yordam bera olmaydi, davolanmoqda. Jarohatidan forig‘ bo‘lmaguniga qadar mashg‘ulotlarga qaytmaydi.