Finalda Paxtakor ko‘k, Buxoro oq libosida harakat qiladi

17.10.2025O‘zbekiston kubogi

Finalda Paxtakor ko‘k, Buxoro oq libosida harakat qiladi

O‘zbekiston kubogi va Superkubogi reglamentining 5.1-bandida kubok musobaqasining 1/2 finalida g‘olib chiqqan ikki jamoa orasidan o‘tgan mavsum Superliga yoki Proligadagi ishtiroki nisbatan yaxshiroq bo‘lgani avtomatik ravishda final uchrashuvining nominal mezboniga aylanishi qayd etilgan. 

Shundan kelib chiqqan holda Liga final o‘yini uchun chiptalar, afishalar, anons va posterlarda Paxtakor klubini mezbon sifatida aks ettiradi. Final neytral maydonda tashkil etilayotganini inobatga olgan holda, unda jamoalar harakat qiladigan liboslar rangi Liga tomonidan belgilab olindi.

29-oktyabr kuni Paxtakor klubi o‘zining to‘q ko‘k rangdagi, Buxoro esa to‘liq oq rangdagi liboslarida maydonga tushadi. Paxtakor darvozaboni qizil, Buxoro posboni esa yashil rangli libosda harakat qiladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar