Final uchrashuviga chipta xarid qilgan muxlislar diqqatiga!

29.10.2025O‘zbekiston kubogi

Final uchrashuviga chipta xarid qilgan muxlislar diqqatiga!

Bugun, 29-oktyabr sanasida, Andijondagi Bobur Arena stadionida O‘zbekiston Kubogi musobaqasining hal qiluvchi bellashuvi o‘tkazilib, unda Paxtakor va Buxoro jamoalari mamlakat kubogini qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi.  


Final o‘yiniga chiptalar savdosi stadion kassalarida davom etmoqda. Shuningdek, futbol ixlosmandlarida ushbu uchrashuv uchun chiptalarni @echipta_bot orqali onlayn band qilib qo‘yish imkoni bor. Bunda, maxsus bot orqali band qilingan chiptalarni stadion kassalaridan qog‘oz chiptalarga almashtirib olish talab etiladi.  



Chipta xarid qilgan muxlislar ajoyib futbol uchrashuvini jonli tomosha qilish bilan bir qatorda qimmatbaho sovg‘alar yutish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari mumkin. Siz uchun Liga tarafidan 5 ta iPhone 17, 5 ta PlayStation 5 hamda 5 ta televizor tayyorlab qo‘yilgan.



Final uchrashuviga chipta xarid qilgan muxlislar diqqatiga!

Yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun Bobur Arenaga muxlislar kirishi uchun mo‘ljallangan uchala darvoza oldiga o‘rnatilgan quyidagi maxsus qutilarga chiptaning ajratib ko‘rsatilgan qismini tashlash so‘raladi. Chiptangizning qolgan qismini esa saqlab qo‘ying, bu sizga sovg‘alardan birini yutgan taqdiringizda ularni qo‘lga kiritishingiz uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yodda tuting, maxsus qutilar 19:00’ga qadar stadion darvozalari oldida bo‘ladi, Bobur Arenaga bundan kech yetib kelgan muxlislar o‘yinda ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotadi.  


Birinchi taym yakunlanganidan so‘ng, 5 ta televizor va 5 ta PlayStation 5 g‘oliblari aniqlanib, ularning chipta raqami stadion tablosida aks ettiriladi. Uchrashuv yakunlanganidan keyin esa asosiy yutuqlar hisoblangan 5 ta iPhone 17 smartfonlari egalari aniqlanib, ularning ham chipta raqamlari tabloda aks ettiriladi. Agar sizning chipta raqamingiz tabloda chiqsa, uchrashuv yakunlanishini kuting va shundan so‘ng stadion hududida joylashgan Andijon futbol assotsiatsiyasi ofisiga keling. Uchrashuv yakunlanganidan keyingi yutuqli o‘yinlar tugashi bilan bir necha daqiqa ichida Liga xodimlari ushbu ofisda yutuq egalarini kutadi. Saqlab qo‘yilgan chiptangiz bo‘lagi Liga xodimlari tomonidan haqqoniy ekani tekshirilgach, sizga o‘zingizga tegishli bo‘lgan qimmatbaho sovg‘angiz taqdim etiladi.  



Final uchrashuviga chipta xarid qilgan muxlislar diqqatiga!Final uchrashuviga chipta xarid qilgan muxlislar diqqatiga!Final uchrashuviga chipta xarid qilgan muxlislar diqqatiga!

Olovli final va qimmatbaho sovg‘alar sizni kutmoqda!

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar