FIFA Navbahor klubidan transfer taqiqini olib tashladi

25.07.2025PFLSuperliga

FIFA Navbahor klubidan transfer taqiqini olib tashladi

Yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Navbahor uch bosqichda ish olib borishi lozimligi ta’kidlangandi. 


Kecha — 24-iyul kuni FIFA Navbahor klubiga nisbatan belgilangan transfer taqiqini olib tashladi. Mazkur taqiq Giorgi Nikabadze o‘z maoshini vaqtida olmagani ortidan qo‘yilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, klub bu borada o‘z majburiyatini to‘liq bajargan. 


Endilikda Navbahor o‘zbekistonlik futbolchilar oldidagi majburiyatlarini ado etishga kirishgan. Liga ayni vaqtda mazkur masala qanday davom etayotganiga oydinlik kiritmoqda. Klub va futbolchilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Namangan klubi shu yilning 1-iyul sanasiga qadar qarzdorlikni yopishi lozim edi. Mazkur sana viloyat hokimi tomonidan berilgan kafolat xatida ko‘rsatib o‘tilgan. 


Shuningdek, Ligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat kiritgan sobiq murabbiy va boshqa mahalliy futbolchilar oldidagi majburiyatlar ham hal qilinishi lozim.  


Ma’lumot uchun, 30-iyul kuni O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi yopiladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar