Fevzi Davletov: Bugun durang adolatliroq bo‘lardi
16.09.2024Superliga
Superligada 18-tur yakunlandi. Surxon klubi safarda OKMK bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Aytarli hech narsa yo‘q. 16-daqiqadayoq bir kishi kam bo‘lib qoldik. Birinchi bo‘limdagi harakatlarimizdan qoniqdim. Gol urish uchun yetarli imkoniyatga ega bo‘ldik. Ikkinchi taymda himoyadan o‘ynadik. O‘z-o‘zidan charchoq sezildi. Afsuski, himoyada kerakli darajada o‘ynay olmadik va kerak bo‘lmagan golni o‘tkazib yubordik. Futbolchilarimga qo‘lni siltab yubormagani uchun tashakkur bildiraman. Muxlislarimizga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun tashakkur bildiraman.
Surxon futbolchilari bugun qizil kartochkadan keyin bor kuchi bilan harakat qildi...
Biz 3 o‘yindan beri maydonda bir kishi kam bo‘lib xarakter ko‘rsatyapmiz. Buning uchun yigitlarga besh baho. Ko‘rsatib turibdi-ki, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.