Farg‘ona davlat universiteti stadioni Proliga bellashuvlarini qabul qiladi

04.08.2025Proliga

Farg‘ona davlat universiteti stadioni Proliga bellashuvlarini qabul qiladi

O‘z tarixida ilk bor Proliga musobaqasida ishtirok etayotgan FarDU mavsum boshidan buyon Farg‘ona davlat universitetiga qarashli stadionda ta’mirlash ishlarini olib bordi. Ayni vaqtda o‘yingoh Proliga doirasidagi bellashuvlarni qabul qilishga tayyor.


Iyul oyining so‘nggi 10 kunligida Liga mutaxassislari navbatdagi bor Farg‘onada bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Endilikda o‘yingohni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlash jarayoni boshlandi. 


Proliga 12-turida FarDU Farg‘onada Lokomotiv klubini qabul qilishi lozim. Mazkur bellashuv Farg‘ona davlat universitetida o‘tkaziladi. Endilikda universitet talabalari va personali o‘z sevimli jamoasi ishtirokidagi uy o‘yinlarini universitet maydonida kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar