Fantasy Football – O‘zbekiston Superligasi. Barcha chiplar bepul bo‘ladi

18.02.2026Superliga

Fantasy Football  – O‘zbekiston Superligasi. Barcha chiplar bepul bo‘ladi

Fantasy Football Superliga bahslari uchun jamoa tuzgan ishtirokchilar uchun yangilik. Endilikda Fentezida barcha chiplar bepul bo‘ladi. Ishtirokchilar o‘rtasidagi raqobat tengligini saqlab qolish maqsadida turlar davomida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan pullik chiplar bekor qilindi. Mavsum davomida ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratiladi va qo‘shimcha chiplar bo‘lmaydi.


Jamoa tuzgan menejerlar uzfantasy.com rasmiy qoidalari bilan yana bir bor tanishib chiqishlari, qoidalarni yodga olishlari tavsiya etiladi.


Hali jamoa tuzmagan futbol muxlislari uchun yana bir bora eslatma: uzfantasy.com saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tasiz va jamoangizni shakllantirasiz. Ha, darvoqe, 20-fevral kuni O‘zbekistonda qishki transfer oynasi yopiladi. Jamoalarimiz tarkibi esa shundan keyin to‘liq shaklga keladi. Shundan so‘ng musobaqa starti haqida alohida ma’lumot beriladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar