Fair play sovrini uchun eng munosib deya Jar stadionini tanladik

16.12.2025PFL

Fair play sovrini uchun eng munosib deya Jar stadionini tanladik

Liga 2025-yilgi mavsumning eng yaxshilarini bosqichma-bosqich e’lon qilib keldi. Navbat Fair play sovriniga yetib keldi. 

Fair play sovrini uchun eng munosib deya Jar stadionini tanladik

Biz bunda Jar stadioni nomzodida to‘xtalishga qaror qildik. Zero 2025-yilgi mavsum Jar katta hajmdagi ishni bajardi va Liga bayrog‘i ostidagi qator musobaqalarda qutqaruvchi rolida ko‘rinish berdi. Biz buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, Jar sport sog‘lomlashtirish kompleksi boshlig‘i — polkovnik Tohriddin Najimov, bevosita stadion uchun asosiy mas’ul — podpolkovnik Abduhamid Nurmatovga minnatdorchilik bildiramiz va vazirlik ko‘magida so‘nggi yillarda sport infratuzilmasini rivojlantirish borasida oldinga sezilarli qadam tashlanganligini e’tirof etamiz.  


Jar bir mavsumning o‘zida 6 klubga o‘z bag‘ridan joy berdi. Umumiy hisobda u Liga musobaqalari doirasida 40 ta bellashuvga mezbonlik qildi. Bundan tashqari Jar O‘FA va OFK bayrog‘i ostidagi qator ichki va xalqaro o‘yinlarni o‘tkazdi. Ommaviy futbol rivoji yo‘lidagi bir qator tadbirlarni qabul qildi. Buning ortida tinimsiz va mashaqqatli mehnat borligi ham Fair play sovrini egasini aniqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 



Fair play sovrini uchun eng munosib deya Jar stadionini tanladik
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar