Dinamo klubiga yangi direktor tayinlandi
11.12.2025Superliga

Samarqandning Dinamo klubi rahbariyatida o‘zgarish sodir bo‘ldi.
Bungacha klub direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Dilshod Sharofiddinov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Shuhrat Ro‘ziyev tayinlandi.
