Dinamo jamoasi bilan shartnoma imzolagan Jesah Ayessaning faoliyatiga nazar tashlaymiz

30.12.2025Superliga

Dinamo jamoasi bilan shartnoma imzolagan Jesah Ayessaning faoliyatiga nazar tashlaymiz

Tug‘ilgan yili - 2000

Tug‘ilgan joyi - Fransiya, Parij 

Yoshi - 25

Bo‘yi - 1.88 sm 


O‘tgan yili Samarqand klubining himoyasida Jahongir O‘rozov, Oleksandr Kucherenko kabi mahoratli himoyachilar to‘p surgandi. Bu yil jamoa bu pozitsiyada raqobatni yanada oshirish maqsadida fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.


Ayessa futboldagi professional faoliyatini 2019-yili "Sosho" klubida boshlagan. Futbolchi 2024/2025-yilgi mavsumni Fransiyaning dunyoga mashhur "Ayachcho" klubida o‘tkazgan. 


Tajribali himoyachi faoliyati davomida Fransiyaning uchinchi va ikkinchi ligalarida to‘p surgan. Jesah o‘zi faoliyat olib borgan klublari safida jami 68 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan.


O‘YNAGAN KLUBLARI


Sosho B - 4 o‘yin 

Genyon - 1 o‘yin

Romorantin - 10 o‘yin

Le Pyui - 27 o‘yin

Ayachcho - 26 o‘yin

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar