Dinamo 20-turdagi So‘g‘diyona bilan o‘yin yuzasidan rasmiy shikoyat kiritdi

22.08.2025Superliga

Dinamo 20-turdagi So‘g‘diyona bilan o‘yin yuzasidan rasmiy shikoyat kiritdi

Superliga 20-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona — Dinamo uchrashuvi yakunlangach, Dinamo klubi hakamlik yuzasidan rasmiy shikoyat arizasi kiritgandi. Kecha klub o‘yinning aynan qaysi epizodlariga nisbatan e’tirozini borligini bildirib, Ligaga rasmiy xat yo‘lladi. 


Shikoyat kiritishda Dinamo “Superliga va Proliga reglamenti”da ko‘rsatib o‘tilgan bandlarga to‘liq rioya qildi. Ya’ni, uchrashuv yakunlangach klub 30 daqiqa ichida qaydnomaga rasmiy shikoyat kiritdi. 24 soat ichida esa aynan qaysi epizodlardan norozi ekanligi borasida xat yo‘lladi. Quyida e’tirozlar aynan qaysi voqealarga nisbatan ekanligi keltirib o‘tiladi:


• 3-daqiqa: Anvarjon Hojimirzayevning Ivanovich tomonidan jarima maydonchasi ichida to‘xtatib qolinishi;

• 9-daqiqa: Sanjar Qodirqulovning hakam tomonidan ogohlantirilishi;

• 11-daqiqa: Anvarjon Hojimirzayevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikka nisbatan bosh hakamning qarori;

• 31-daqiqa: Fransisko Ferreyra hamda Suhrob Izzatov o‘rtasidagi kurashga nisbatan bosh hakamning reaksiyasi;

• 75-daqiqa: So‘g‘diyona futbolchisi Nodirjon Soyibovning maydondan chetlatilmagani;

• 90+6-daqiqa: Dinamo darvozasiga penalti belgilanishi.


Liga mutaxassislari ham mazkur vaziyatlarni o‘rganib chiqqach, yuqorida qayd etilgan holatlarning ayrimlariga nisbatan ularda ham savollar paydo bo‘ldi. Endilikda Dinamo klubining shikoyati yuzasidan O‘zFHM tushuntirish berishi talab qilinadi va mazkur javob Liga sahifasida e’lon qilinadi.


Ma’lumot uchun, Liga hakamlarni o‘qitish, ularni uchrashuvlarga tayinlash, hakamlikni baholash va ularni jazolash vakolatiga ega emas. Biroq hakamlarning uchrashuvlarda faoliyat olib borishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar Liga tomonidan qoplab beriladi. Shundan kelib chiqibgina, klublar hakamlikka nisbatan shikoyat kiritgach, Liga ularga rasmiy tushuntirish berishni O‘zFHM rahbariyatidan talab qiladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar