Denis Korostichenko: Surxon bundan ham ko‘p gol kiritishi mumkin edi
01.12.2024Superliga
Superliga 26-turida Olimpik jamoasi Surxonga qarshi bahs olib bordi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Birinchi navbatda Surxonni g‘alaba bilan tabriklayman. Chiqishdi va ishonch bilan g‘alaba qozonishdi. Bizga chetlatish va darvozabonning xatosi salbiy ta’sir qildi. Surxon bundan ham ko‘proq gol urishi mumkin edi.
O‘tish o‘yiniga kayfiyatsiz borishdan qanday chiqib ketmoqchisiz?
Bu oson bo‘lmaydi. Yigitlarning kayfiyati yo‘q. Biz shu bahsda ligada qolishni uddalashimiz kerak edi. Endi Sho‘rtan bilan mehmonda o‘ynaymiz. Bizda muammolar bor. Jarohat olganlar va chetlatilganlar sababli oson bo‘lmaydi. Yigitlarni so‘ngi uchrashuvga tayyorlashga harakat qilamiz.