Denis Korostichenko: O‘yin durangga mos edi

02.11.2024Superliga

Denis Korostichenko: O‘yin durangga mos edi

Superligada 23-tur o‘yinlari davom ettirildi. Olimpik jamoasi bu tur o‘z maydonida Navbahorni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Navbahorni g‘alaba bilan tabriklayman. Tajribali jamoaga qarshi yigitlar o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Durangga mos o‘yin ko‘rgan edik, ammo Navbahor tajriba evaziga yutib ketdi. 

Navbahor ikkita bir hil vaziyatdan gol urdi?!

Biz xuddi shunday golni Andijon bilan bahsda ham o‘tkazib yuborgan edik. Himoyachilar qilgan xatoni ko‘rib chiqqan edik, ammo yana shu xatoni takrorladik. Yigitlar o‘tgan o‘yindan xulosa chiqardi, ammo bu epizodda yana shu ishni qildik.

Olimpik futbolchilari gol kerak paytda chuqur himoyalanayotgan raqibga qarshi nega uzoq masofadan zarba yo‘llamadi?

Eldor Suyunov darvozada ekanligini eshitgach, futbolchilarga uzoq masofadan zarba yo‘llash vazifasini berdik. Suyunov tajribali posbon, ammo hozir o‘yin amaliyotiga ega emas. Yigitlar boshida buni his qilishdi, ammo ikkinchi bo‘limda ruhan xato qilishga qo‘rqib qoldi. Jismoniy xolatimiz ham javob bermadi. Yigitlar aniq o‘ynashga e'tibor qildi. Bu aspektda ham yutqazdik. 

OKMK va Bunyodkor bilan bahslar oldidan ruhiy xolat xavotirga solmayaptimi?

Biz uchun dam olib, hammasini ko‘rib chiqish uchun vaqt bor. Yaxshiyam o‘yinlar orasi 3 kun emas. Biz hozir elitada qolish uchun har bir o‘yinda ochkolar jamg‘arishimiz kerak. Raqibni o‘rganib, xulosa qilamiz.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda