Denis Korostichenko: Hisob adolatli bo‘ldi

16.09.2024Superliga

Denis Korostichenko: Hisob adolatli bo‘ldi

Superligada 18-tur yakunlandi. Olimpik jamoasi bu tur o‘z maydonida Metallurgni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi navbatda yigitlarga ko‘rsatilgan xarakter uchun tashakkur bildiraman. Umuman olganda, mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Yigitlarga bugun biroz tezlik yetishmadi. Menimcha, hisob adolatli bo‘ldi. 

Olimpikdagi birinchi rasmiy g‘alabangizni qo‘lga kiritishingizga nima to‘sqinlik qilmoqda? 

Bilmadim, hammasi joyida. Mashg‘ulotlarda yigitlar yaxshi ishlamoqda. Menimcha, birinchi gol kiritmayotganimiz ruhiy bosim yuklamoqda. Biz o‘rtoqlik o‘yinida Surxonni yengdik. Birinchi bo‘lib gol urganimizdan so‘ng o‘zimizga ishonib harakat qildik. Bugun birinchi bo‘limda yigitlar biroz cho‘chib harakat qildi. Gʻalabaning qadri baland bo‘lgani uchun. O‘ylashimcha, birinchi gol urishimiz kerak.
Denis Korostichenko: Hisob adolatli bo‘ldi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda