Chexiya futbol ligasi ijrochi direktori Toshkentda

13.06.2025PFL

Chexiya futbol ligasi ijrochi direktori Toshkentda

Bugun tongda Chexiya futbol ligasi ijrochi direktori Tomas Barta poytaxtimizga yetib keldi. Tashrif doirasida bugun, 13-iyun kuni 16:30 da Wyndham mehmonxonasida O‘zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi professional futbol klublari rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Unda OAV vakillarining ham bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

14-iyun kuni Jerom Perlemuter, Stanislav Shtipkov, shuningdek, Chexiya hamda O‘zbekiston Professional futbol ligalari rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Anjumanda mamlakatimiz Superligasi, uni rivojlantirish yo‘lida O‘zPFL ishtiroki, jahonning futboli rivojlangan mamlakatlari Ligalari faoliyati va boshqa ko‘plab masalalarda jurnalistlar bilan suhbat tashkil etiladi. Matbuot anjumani 11:00 da Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Shu kuni 20:00 da mehmonlar Superliga 12-turidan o‘rin olgan Bunyodkor — Paxtakor bellashuvini stadiondan kuzatadi. 

Liga mazkur jarayonlarni yoritishni maqsad qilgan OAV vakillarini tadbirlarga taklif etadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar