Chempionlar Ligasi 2. Andijonning 2-turdagi raqibi bilan tanishamiz

01.10.2025Klublar

Chempionlar Ligasi 2. Andijonning 2-turdagi raqibi bilan tanishamiz

Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining 2-turi doirasida Andijon klubi o'z maydonida Qatarning Al Ahli Doha klubini qabul qildi.


Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalamiz.


Al Ahli Doha klubi 75 yillik tarixga ega jamoa hisoblanadi. Klub 1950-yilda tashkil etilgan.


Jamoaga muxlislar tomonidan "Al Ameed" (ya'ni, boshliqlar) degan laqab berilgan.


Al Ahli klubi o'z uy uchrashuvlarini Doha shahrida joylashgan "Hamad bin Halifa" stadionida o'tkazadi. Ushbu maydon o'z bag'riga 12 mingdan ziyod muxlisni sig'dira oladi.


Al Ahli klubi Qatar Amir kubogi musobaqasining 4 karra g'olibi hisoblanadi. Shuningdek, jamoa 5 marta ushbu musobaqada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Shayx Jassim kubogida jamoa 1999 va 2006-yillarda chempionlikni qo'lga kiritgan. 2012-yil Qatar ikkinchi divizioni g'olibligiga erishgan.


O'tgan mavsum Al Ahli Qatar Yulduzlar ligasida Al Duhayl, As Sadd" va Al Garafa jamoalaridan so'ng, to'rtinchi o'rinni egalladi va aynan ushbu natijasi tufayli o'z tarixida birinchi marta Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi yo'llanmasiga ega chiqdi.


Jamoani ayni paytda Xorvatiyalik 47 yoshli mutaxassis Igor Bishchan boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis murabbiy sifatida Xorvatiya U21 terma jamoasida, shuningdek, Dinamo Zagreb va Al Shabab kabi klublarda faoliyat olib borgan. 2023-yil Dinamo Zagreb klubi bilan Xorvatiya Oliy ligasi chempionligini qo'lga kiritgan.


Jamoada ayni paytda PSJ jamoasining sobiq futbolchisi Yulian Draksler to'p tepmoqda. Ushbu futbolchi 2014-yil Germaniya terma jamoasi bilan mundial g'olibligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, jamoa tarkibida Finlyandiya terma jamoasi a'zosi Robin Tihi, Monako jamoasi sobiq futbolchisi Ibrohim Diallo, ispaniyalik yosh to'purar hujumchi Erik Esposito kabi nomlar ham faoliyat olib bormoqda.


Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi 2 turnirining 2-turidan o'rin olgan Andijon — Al Ahli o'yini bugun soat 18:45 da start oladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar