
Proligada 2-o‘rinni egallagan Aral klubi Superligaga o‘tish o‘yinida Buxoro jamoasini qabul qildi. Nukus shahridagi OPSTTM stadionida kechgan bellashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Yagona golga Toma Tabatadze mualliflik qildi va buxoroliklarni Superligada olib qoldi.