
Buxorodagi stadionning foydalanishga topshirilishi kechikayotganidan kelib chiqib, Buxoro klubining uy uchrashuvlarini tashkil etishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
Jumladan, Buxoro Superliga 4-turidan o‘rin olgan Bunyodkor klubiga qarshi uy uchrashuvini raqib maydonida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Mart oyida klub uy uchrashuvlari uchun Jar stadionini ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Biroq keyinroq mazkur stadiondan Olimpik Mobiuz ham foydalanishni boshlagach, aprel oyidagi uy o‘yinlari masalasida muammolar yuzaga chiqa boshladi.
Buxoro Nasaf klubiga qarshi Superliga 6-turidan o‘rin olgan 19-aprel kungi uchrashuvni Bunyodkor stadionida o‘tkazishga yaqin turgandi. Biroq Bunyodkor’ning o‘zi 18-aprel kuni shu arenada Xorazm bilan o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi. Mazkur sabab va albatta Jar stadionidan foydalanayotgan Mobiuz hamda Paxtakor ishtirokidagi o‘yinlar mazkur sana arafasida safarda ekanligidan kelib chiqib, Buxoro yana Jar’ga qaytishga majbur bo‘lmoqda.