Buxoro avgustdan boshlab uy o‘yinlarini Qarshida qabul qiladi
18.07.2025Superliga

Buxoro klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan stadion hozirga qadar Liga tomonidan Superliga bellashuvlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmadi.
“Superliga va Proliga reglamenti”ga ko‘ra, klub rasmiy uchrashuv startiga 20 kun qolguniga qadar stadion masalasini to‘liq hal qilishi lozim. Shundan kelib chiqib, Buxoro shahridagi stadion tayyor bo‘lguniga qadar Buxoro klubi o‘z uy uchrashuvlarini Qarshi shahrida o‘tkazish bo‘yicha Nasaf bilan kelishuvga erishdi.