Buxoro — Andijon bilan o‘yinni Samarqandda o‘tkazadi
04.06.2025Superliga

Buxoro Superliga 12-turidan o‘rin olgan Andijon bilan uchrashuvni Samarqand shahrida o‘tkazadi. Bellashuv 13-iyun kuni 20:00 da start oladi.
Ma’lumki, Buxoro shahridagi stadionning yoritish tizimi bilan bog‘liq muammo hozirga qadar hal qilinmagan. Buning oqibatida Buxoro klubi Superliganing joriy mavsumidagi 5 ta uy uchrashuvidan 4 tasini Toshkentdagi Jar stadionida va yana 1 ta uchrashuvni raqibi Bunyodkor maydonida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.