Buxoro 20-sentyabr kuni Navbahor bilan o‘yinni o‘z uyida o‘tkazadi

09.09.2025Superliga

Buxoro 20-sentyabr kuni Navbahor bilan o‘yinni o‘z uyida o‘tkazadi

Superliga 22-turidan o‘rin olgan Buxoro — Navbahor o‘yini 20-sentyabr kuni Buxoro viloyati futbol akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tadi. 


Avvalroq Buxoro futbol akademiyasining futbol maydoni Superliga bellashuvlarini qabul qilish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum qilingandi. Ayni vaqtda viloyat hokimligi va Liga stadionni katta o‘yinga tayyorlash ishlarini olib bormoqda. 


Bunga qadar klub o‘z uy uchrashuvlarini turli shahar va stadionlarda o‘tkazishga majbur bo‘layotgandi. O‘tgan davr ichida mahalliy hokimiyat Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni bosqichma-bosqich bajarishga erishdi. Endilikda Buxoro o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar