Bunyodkor stadioni ayol futbolchilarga beriladi va klub Superliga o‘yinini Do‘stlik’da qabul qiladi

26.06.2025Superliga

Bunyodkor stadioni ayol futbolchilarga beriladi va klub Superliga o‘yinini Do‘stlik’da qabul qiladi

Superliga 14-turidan o‘rin olgan Bunyodkor — So‘g‘diyona uchrashuvi 29-iyun kuni Bunyodkor stadionida o‘tkazilishi lozim edi. 


17-iyun kuni O‘FA Ligaga xat yo‘llab, Bunyodkor stadionida ayollar o‘rtasida Osiyo kubogining saralash uchrashuvlari o‘tkazilishini, shundan kelib chiqib, Superliga o‘yinini boshqa stadionga ko‘chirishni so‘radi. O‘z navbatida Bunyodkor O‘FA bilan kelishgan holda So‘g‘diyona bilan uchrashuvni Do‘stlik stadioniga o‘tkazishga qaror qildi. Bunyodkor arenada esa O‘zbekiston, Nepal, Laos, Shri Lanka ayollari o‘ynaydi. 


Ma’lumot uchun, Superliga va Proliga reglamentiga ko‘ra, rasmiy uchrashuv o‘tkaziladigan stadion bellashuv startiga 20 kun qolganida aniq bo‘lishi lozim. Biroq mazkur o‘zgarish sababchisi Bunyodkor emasligidan kelib chiqib, Superliga o‘yini mezbonlik bilan bog‘liq barcha talablarni to‘liq bajarish shartida boshqa stadionga ko‘chirildi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar