Bugun O'zbekiston Proligasida 4-davra o'yinlari start oladi

04.10.2025Proliga

Bugun O'zbekiston Proligasida 4-davra o'yinlari start oladi

O‘zbekiston Proligasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugundan musobaqa 4-davra o‘yinlari start oladi.


Yakuniy bosqich oldidan Toshkentning Lokomotiv jamoasi 33 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Chempionlik yo‘lida "temiryo‘lchilar"ga munosib raqobat taqdim etib berayotgan Nukusning Aral jamoasi hisobida esa 31 ochko mavjud.


Farhod Nishonov boshchiligidagi Olimpik-MobiUz klubi esa 29 ochko jamg‘arishni uddaladi.


Ko‘rib turganingizdek, yetakchilar o‘rtasidagi farq katta emas. Demakki, chempion bo‘lishni maqsad qilgan jamoaning buyog‘iga xato qilishga haqqi yo‘q. Bu esa bizni qiziqarli o‘yinlar kutib turganidan darak beradi.


So‘nggi turlarda bizni quyidagi markaziy o‘yinlar kutmoqda:


   17-tur, 20-oktabr


Olimpik-MobiUz — Aral


   19-tur, 5-noyabr


Olimpik MobiUz — Lokomotiv


   20-tur, 16-noyabr


Aral — Lokomotiv


Qo‘shimcha ma'lumot o‘rnida, Proliga g‘olibi va vitse-chempionining kelgusi yilgi O‘zbekiston Superligasida ishtirok etishi masalasi O‘zbekiston Professional futbol ligasi "Superliga va Proliga reglamenti"ning quyidagi bandlari asosida tartibga solinadi:


7.2. Proliga yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan futbol klubi Superligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.


5.3. Superligada 12, 13, 14, 15-o‘rinni egallagan jamoalar mazkur musobaqadagi joyini saqlab qolish uchun pley-off musobaqasida ishtirok etadi. Pley-off uch bosqichdan 

iborat bo‘lib, undagi barcha uchrashuv faqat bir martadan tashkil etiladi: 

 

— Birinchi bosqichda Superligada 12-o‘rinni egallagan klub o‘z maydonida 15-o‘rindan joy olgan klubni, 13-o‘rinni egallagan klub esa o‘z maydonida 14-o‘rindan joy olgan klubni qabul qiladi va har ikki o‘yin g‘oliblari Superligadagi joyini saqlab qoladi; 


— Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichdagi ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Bunda Superliga mavsumi yakuniga ko‘ra yuqoriroq o‘rindan joy olgan klub raqibini o‘z maydonida qabul qiladi va bellashuv g‘olibi Superligadagi joyini saqlab qoladi; 


— Uchinchi bosqichda ikkinchi bosqichda mag‘lub bo‘lgan klub Proliga mavsumini 2-o‘rinda yakunlagan klub maydoniga tashrif buyuradi va mazkur bellashuv g‘olibi Superligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar