Bobur Arena kassalarida chiptalar savdosi davom etmoqda
28.10.2025O‘zbekiston kubogi

26-oktyabr sanasidan e'tiboran Andijon shahridagi Bobur Arenada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogi final uchrashuviga chiptalar savdosi boshlangan. Mahalliy muxlislar va Andijon shahri mehmonlari stadiondagi kassalarda final chiptalarini xarid qilishlari mumkin. O‘z navbatida, chiptalarni elektron tarzda buyurtma berib, Bobur Arenadan o‘z o‘rningizni band qilib qo‘yish va o‘yin kuni buyurtmangizni Bobur arena kassalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarga tasdiqlatish orqali stadionga kirish imkonini beruvchi asil chiptani qabul qilib olishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Paxtakor va Buxoro jamoalari o‘rtasidagi bellashuvga chipta xarid qilish orqali siz 5 ta iPhone 17, 5 ta PlayStation va 5 ta televizordan birini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
O‘zbekiston kubogi finali — bu barchamizga dahldor o‘yin!
