Birinchi liganing Gʻarbiy mintaqasi o‘yinlari yakunlandi

18.10.2025Birinchi liga

Birinchi liganing Gʻarbiy mintaqasi o‘yinlari yakunlandi

 Kattaqo‘rg‘on debyut mavsumida munosib ishtirok etib, pley-off bosqichiga peshqadam sifatida yo‘llanma oldi. 


Pley-offga, shuningdek, davlat universitetlarining har uchalasi ham yo‘l oldi. Qarshi davlat universitetining Lochin jamoasi O‘zbekiston kubogida sensatsiya qayd etib, Andijon hamda Surxon klublarini musobaqadan chiqarib yuborgandi.


Buxoro davlat universiteti jamoasi esa Birinchi ligadagi ikkinchi mavsumida ham munosib ishtirok etib, Toshkent mezbonlik qiladigan pley-off bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. 


Termiz davlat universiteti esa o‘tgan mavsum Bunyodkor bilan safarda durang o‘ynagan, biroq joriy mavsum inqirozga yuz tutish arafasida turgan Qiziriq klubiga yordamga yetib keldi. Natijada jamoa mavsumning yarmidan boshlab o‘ziga kela boshladi va yakunda pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. 


O‘FA akademiyalari orasidan Xorazm FA mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkaza oldi.

Birinchi liganing Gʻarbiy mintaqasi o‘yinlari yakunlandiBirinchi liganing Gʻarbiy mintaqasi o‘yinlari yakunlandi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar