Birinchi liga yulduzlari Liga studiyasida mehmon bo‘ldi

22.12.2025Birinchi liga

Birinchi liga yulduzlari Liga studiyasida mehmon bo‘ldi

Birinchi ligada navbatdagi mavsum ortda qoldi. Bu yil ushbu turnirda 30 ta klub g'oliblik uchun kurash olib bordi. 

Ular qatorida Superliga jamoalarining Farm klublari va yurtimizning chekka tumanlarida tashkil etilgan jamoalaridan tashqari, oliy o'quv yurtlarining klublari hamda viloyat futbol akademiyalari jamoalari ham ishtirok etgani musobaqaga bo'lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on jamoasi musobaqaning g‘arbiy mintaqasida yetakchi bo‘ldi. Ushbu jamoada to‘p tepgan Sayyodbek Davronov mavsum davomida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi ushbu bahslarda 16 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.




Allaqachon Proliga tajribasiga ega bo‘lgan Toshkent shahrining Do‘stlik klubi bu yilgi Birinchi liga musobaqadasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu jamoa hujumchisi Saidmurod Karimov 2025-yilgi mavsum Birinchi ligasida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. Mazkur bahslarda 19 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bu orqali futbolchi Liga to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi.


    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar