Birinchi liga. Nasaf-Farm jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi

27.04.2025Birinchi liga

Birinchi liga. Nasaf-Farm jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi

Birinchi liga 3-turidan o‘rin olgan Qumqo‘rg‘on — Nasaf-Farm uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgandi. Biroq, Nasaf-Farm jamoasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan futbolchini zaxiradan maydonga tushirgani sababli Birinchi liga reglamentining 8.6-bandiga muvofiq jamoaga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, Qumqo‘rg‘on klubiga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozildi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar