Birinchi liga. FarDU musobaqani 3-o‘rinni egalladi
08.11.2024Birinchi liga

Birinchi ligada mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning 3-o‘rin uchun bahsida FarDU jamoasi Bunyodkor Farm bilan kuch sinashdi.
Poytaxtdagi Odil Ahmedov akademiyasida bo‘lib o‘tgan bellashuv universitet jamoasining 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, FarDU Birinchi ligadagi debyut mavsumida bronza medaliga ega chiqdi. Bunyodkor Farm esa mavsumni 4-pog‘onada yakunladi.
FARDU 2:0 BUNYODKOR FARM