Birinchi liga. 1/8 final o‘yinlari 4—7 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi
22.10.2025Birinchi liga

Kecha — 21-oktyabr kuni Birinchi liganing hududiy bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Ilk bor 3 ta zonaga bo‘lib o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi noyabr oyida aniqlanadi.
“Birinchi liga reglamenti”dan kelib chiqib, har zonaning eng yaxshi 5 tadan jamoasi pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘z hududida eng yaxshi bo‘lgan ikkitadan umumiy 6 ta jamoa hamda uch zonaning 2 ta eng yaxshi 3-o‘rin egalari pley-off qur’asi oldidan birinchi savatchadan joy oladi. Qolgan 7 ta jamoa va reglament bo‘yicha musobaqaga Liga tomonidan taklif etiladigan mehmon jamoa ikkinchi savatchadan joy oladi.
Pley-offning 1/8 final bosqichi o‘yinlari 4, 5, 6, 7-noyabr kunlari, mos ravishda ¼ final 23-24 noyabr, ½ final 26-noyabr hamda final uchrashuvi 28-noyabr kuni o‘tkaziladi. Barcha bellashuvlarga Toshkentdagi Odil Ahmedov futbol akademiyasi maydoni mezbonlik qiladi.
1/8 finalga qur’a bugun — 18:00 da tashlanadi. Jarayon Liganing rasmiy sahifalari orqali jonli ko‘rsatiladi.