Bir vaqtning o‘zida ikki maktabga tegishli bo‘lib qolgan futbolchi ishi O‘FA qo‘mitasiga oshiriladi

13.01.2025PFL

Bir vaqtning o‘zida ikki maktabga tegishli bo‘lib qolgan futbolchi ishi O‘FA qo‘mitasiga oshiriladi

Liga nafaqat professional, balki yosh futbolchilarni ham ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirib borayotganidan xabardorsiz. Elektron platforma bu borada qator noaniqliklar bartaraf etilishida muhim o‘rin tutadi.


10-yanvar kuni Jizzax viloyati futbol akademiyasi Ligaga murojaat qilib, akademiya tarbiyalanuvchisi hisoblangan Abdukarimov Miraziz Erkin o‘g‘lini Paxtakor o‘z safiga qo‘shib olgani va 2008-yilda tug‘ilgan futbolchini MyLeague platformasida U19 jamoasi safida ro‘yxatdan o‘tkazgani, aslida futbolchi hamon Jizzax viloyati FA ro‘yxatida turganini ma’lum qilgan. Ya’ni, futbolchining Paxtakor klubiga jalb etilishida Jizzax FA xabardor etilmagan. Katta ehtimol bilan Jizzax FA ro‘yxatidan chiqmagan futbolchini Paxtakor buyruq asosida o‘z jamoasiga qabul qilib, uni Liga ro‘yxatidan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. 


Mazkur masala qator savollarni keltirib chiqaradi. Jumladan, Paxtakor qanday asosda futbolchini qabul qilib olgani, shuningdek, o‘tgan vaqt davomida Jizzaxda istiqomat qilmagan futbolchining nima sababdan FA ro‘yxatida turgani va hokazo. Shu bois Liga masalani o‘rganish, futbolchining ayni damdagi maqomi bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish, jarayonda noqonuniy va reglamentga zid tarzda faoliyat olib borgan tomon aniqlansa, unga nisbatan tegishli jazo choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni so‘rab, O‘FA tegishgli qo‘mitasiga murojaat kiritadi. 


Liga o‘z a’zosi bo‘lgan har bir klubni bu kabi masalaga jiddiy e’tibor qaratishga chaqiradi. Boisi, yosh futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning tegishliligi masalasini tartibga solish kabi yo‘nalishlar bundan buyon tartibga keltiriladi. O‘z shaxsiy manfaatidan kelib chiqib, bir tashkilotga tegishli futbolchining turli tashkilot jamoalari sharafini himoya qilishga majbur qilayotgan mutaxassislarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilanishi ta’minlanadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda