Bekobodning Metallurg klubi katta futbolga qaytdi

10.02.2026Proliga

Bekobodning Metallurg klubi katta futbolga qaytdi

Metallurg Proligada ishtirok etish bo‘yicha Liga tomonidan qo‘yilgan minimal talablarni bajarishga erishdi. 


“O‘zmetombinat” AJ tomonidan yo‘llangan xatga javoban Liga Metallurg klubini qatnashchilar safiga qaytarish bo‘yicha ishlar ketma-ketligini bayon qilgandi. Shu asosda, kombinat tomonidan joriy yilning 23-yanvar kuni Ulug‘bek Mirzayev Metallurg klubi bosh direktori etib tayinlandi.   


Liga talabiga ko‘ra, klub birinchi galda FIFA Legal Portal va FIFA TMS platformalariga kirish huquqini qaytarib olishi lozim edi. Mazkur ish amalga oshirildi hamda unda aks etgan legioner futbolchi oldidagi qarzdorlik masalasiga oydinlik kiritildi. Keyinchalik, Metallurg qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ish olib bordi va 9-fevral kuni FIFA Metallurg klubidan transfer taqiqini olib tashladi. 


Endilikda, klubga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun MyLeague platformasidan foydalanish huquqi taqdim etiladi. Birinchi navbatda, klub rahbar organi ro‘yxatga olinadi va shundan keyin professional mehnat shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuningdek, klub qoshidagi akademiya futbolchilari litsenziyalash talablari asosida Liga platformasiga kiritib chiqiladi. 


Metallurg ta’sischisi “O‘zmetombinat” AJ klubning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlagan bo‘lib, undan Bekobod shahridagi stadionni Proliga o‘yinlariga tayyorlash xarajatlari ham joy olgan. Ayni vaqtda stadionda bu borada ishlar boshlab yuborilgan. 


Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga Metallurg klubining Proliga ishtirokchilari safiga qo‘shilganligini ma’lum qiladi.

Bekobodning Metallurg klubi katta futbolga qaytdi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar