Bahrom Haydarov: Tanaffusdan so‘ng o‘zimizga keldik

27.03.2025Superliga

Bahrom Haydarov: Tanaffusdan so‘ng o‘zimizga keldik

Superligada 3-tur bahslari start oldi. Qo‘qon 1912 klubi bu tur o‘z maydonida Sho‘rtan jamoasini qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi taym yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Tanaffusdan so‘ng biroz o‘zimizga keldik. Ikkinchi taymda 3-4 vaziyatimiz bo‘ldi va yutib ketishimiz mumkin edi. Bugun qo‘lga kiritilgan 3 ochko jamoamizning kelgusi o‘yinlariga ijobiy ta’sir qilgan bo‘lardi. 
Gol kirita olmayotgani uchun faqat hujumchilarni ayblamagan bo‘lardim. Standart vaziyatlar ham ko‘p bo‘ldi. Unda himoyachilar ham to‘p kiritishi mumkin edi. Bu borada shug‘ullanyapmiz. Bundan fojia yasash kerak emas. Yig‘inlarda Beshimov ham, Xolto‘rayev ham, qolaversa Kondratyuk ham o‘zini ko‘rsatgan edi. O‘ylaymanki, hali gollarimiz oldinda.
Gvazava? U jarohatidan forig‘ bo‘ldi, ammo hozir sport formasida emas. Shu sababli bo‘lajak uchrashuvlarda uning xizmatlaridan foydalana olmaymiz.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar