Bahrom Haydarov: Durang haqli bo‘ldi

14.03.2025Superliga

Bahrom Haydarov: Durang haqli bo‘ldi

Superliga 2-turi doirasida Qo‘qon 1912 klubi Farg‘onada Neftchi bilan kuch sinashdi. Istiqlol stadionida kechgan uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi.Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘z maydonidagi ochilish bahsida barcha jamoa g‘alaba qozongisi keladi. Shu sababli uchrashuv boshidanoq bosim bo‘lishini bilgan holda bunga tayyorgarlik ko‘rgan edik. Birinchi bo‘limda bosimga dosh bera oldik.
Ikkinchi taymda esa himoyaga chuqur chekindik va oqibatda mezbonlar vaziyatlar ko‘paydi. Shunga qaramay, darvoza daxlsizligin saqlay oldik. Durangga haqli erishdik.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar