Azizbek Amonov yangi mavsumni Bunyodkorda boshlaydi
09.01.2025Superliga

Toshkentning Bunyodkor klubi Azizbek Amonovni o‘z safiga qo‘shib oldi. 27 yoshli futbolchi qaldirg‘ochlar bilan yil so‘ngiga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Yakuniga yetgan mavsum Amonov Neftchi sharafini himoya qildi va farg‘onaliklar safida 12 bahsda maydonga tushib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.
