Assotsiatsiya va Liga bitta stadiondan 2 tadan ortiq klub foydalanmasligi masalasini kelishib oldi

11.01.2025PFLSuperliga

Assotsiatsiya va Liga bitta stadiondan 2 tadan ortiq klub foydalanmasligi masalasini kelishib oldi

Liga bu borada tegishli o‘zgarishlarni “Superliga va Proliga reglamenti”da aks ettirdi. Endilikda U21 jamoasining asosiy maydondan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 


Shuningdek, Assotsiatsiya tomonidan o‘tkaziladigan ayollar futboli musobaqalari taqvimlarini tuzib chiqishda ham mazkur kelishuv amalda bo‘ladi. Ya’ni, Superliga talabiga javob beradigan va Liga ro‘yxatida mavjud bo‘lgan stadiondan faqatgina 2 ta klub foydalanish huquqiga ega. Mazkur stadion uchinchi jamoa bilan ishlay olmaydi. 


Ma’lumot uchun, Liga bu masalani o‘z ichki musobaqalarida tartibga solgan bo‘lib, unga qur’a tashlanayotganda stadion inobatga olinadi. Stadiondan foydalanayotgan har ikki klub bitta musobaqada ishtirok etsa, ularning tur bo‘yicha o‘yinlari farq qiladi: bir jamoa uyda o‘ynasa, boshqasining mehmonda to‘p tepishi ta’minlanadi. Agar ikki jamoa turli musobaqalarda ishtirok etayotgan bo‘lsa, Liga taqvim tuzayotganda maydonning tiklanib olishi masalasiga e’tibor qaratadi. Mazkur qoida maydonlar uchun javobgar bo‘lgan mutaxassislar bilan kelishuv asosida amalga oshiriladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda