Asadbek Rahimjonov OKMK klubidan Bunyodkorga transfer qilindi

11.01.2025Superliga

Asadbek Rahimjonov OKMK klubidan Bunyodkorga transfer qilindi



Futbolchi Bunyodkor klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub asosiy tarkibiga kira olmagach, Yaypanning Turon klubi 2022-yilda Rahimjonovni Bunyodkordan olib ketib, o‘zining U19 jamoasiga qo‘shgandi. 


2023-yil Turon futbolchini Olimpik uchun ijaraga berdi. Bir mavsum Toshkent klubi safida to‘p surgach, 2024-yil uni OKMK klubiga transfer qildi. 


OKMK o‘tgan mavsum avvalida Asadbek Rahimjonov bilan 2026-yil yakuniga qadar bo‘lgan shartnoma imzolab, unda tovon pulini aniq ko‘rsatib qo‘ydi. Keyinroq klub uni Temur Kapadze boshqaruvidagi Olimpik jamoasiga yarim yilga ijaraga berdi. Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgach, futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun u 2024-yilning ikkinchi yarmida Bunyodkor klubida ijara asosida to‘p surdi.  


Oradan bir yil o‘tmay, OKMK safida birorta uchrashuvda maydonga tushib ulgurmagan Asadbek Rahimjonov o‘zining sobiq jamoasi Bunyodkor’ga transfer qilindi. Olmaliqliklar futbolchining tovon puli orqali Turon klubidan sotib olinganidan 12,5 marta ko‘proq narxga Bunyodkor’ga pullashga erishdi.

Asadbek Rahimjonov OKMK klubidan Bunyodkorga transfer qilindi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda