Aprel oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?
21.05.2025Superliga

Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.
Unga ko‘ra, Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Superliga va O‘zbekiston kubogida 6 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 6 ta to‘p kiritgan Igor Sergeyev (Paxtakor) esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
Shuningdek, Dinamo a’zosi Jurani Ferreiraning So‘g‘diyona jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi aprel oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.