Anvar Berdiyev: Durang g‘alabaga teng emas
27.03.2025Superliga

Superligada 3-tur bahslari start oldi. Sho‘rtan jamoasi bu tur safarda Qo‘qon 1912 klubiga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Qo‘qon 1912 oldingi ikki uchrashuvda ikki hujumchi bilan harakat qildi va biz bu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik. O‘ylashimcha, durang – adolatli hisob bo‘ldi. Ammo, bu durangni g‘alabaga teng deb atamagan bo‘lardim. Boisi, shogirdlarim bundan ko‘p ishlarga qodir.