Angren shahrida OKMK klubining farm jamoasiga asos solinadi
08.02.2025Birinchi liga

O‘tgan yilning 27-dekabr kuni OKMK va Liga rahbariyati o‘zaro uchrashuv o‘tkazib, Angren shahrida OKMK klubining farm jamoasini tashkil etish masalasida suhbatlashgandi.
Kecha — 7-fevral kuni OKMK mazkur loyihani ishga tushirish rejasi klub ta’sischisi tomonidan rasman tasdiqlanganiligini ma’lum qildi. Endilikda klub farm jamoasi OKMK Semurg‘ nomi bilan yuritiladi va u o‘z uchrashuvlarini Angren shahrida o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda Nasaf, Paxtakor, Navbahor va Bunyodkor klublarining farm jamoalari Birinchi ligada to‘p surgandi. Joriy mavsum ular qatoriga Lokomotiv va OKMK ham qo‘shilishga qaror qildi.