Andijonning Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turniri 3-turidagi raqibi haqida
22.10.2025Klublar

22-oktabr kuni Andijon klubi Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turnirining 3-turi doirasida Bahraynning Al-Xaldiya jamoasi bilan kuch sinashadi.
Xo‘sh, ushbu jamoa haqida nimalarni bilishimiz kerak?
Al-Xaldiya jamoasi 5 yillik tarixga ega bo‘lib, 2020-yilda tashkil etilgan.
Jamoaga muxlislar tomonidan “Lions of Bahrain” (“Bahrayn sherlari”) degan nom berilgan.
Al-Xaldiya o‘z uy uchrashuvlarini Riffa shahrida joylashgan “Bahrayn Milliy” stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon o‘z bag‘riga 24 ming muxlisni sig‘dira oladi.
Jamoa Bahrayn chempionatining 2 karra g‘olibi, 2 karra Bahrayn Qirol kubogi va 3 karra Bahrayn Superkubogi sohibi hisoblanadi.
Al-Xaldiya shu vaqtga qadar Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda 20 ta o‘yin o‘tkazgan. 10 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 5 ta bahs riffaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlangan, 7 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.
Jamoani ayni paytda 1981-yilda tavallud topgan mahalliy mutaxassis Ali Ashur boshqarmoqda.
Ushbu murabbiy 2014-yildan katta klublarda faoliyat olib borishni boshlagan. Bungacha turli yillar mobaynida Bahraynning Budaiya, Al-Najma, Al-Riffa, Manama SK kabi jamoalarida hamda Quvaytning Quvayt SK jamoasida ishlagan.
Jamoa tarkibida ayni paytda braziliyalik Gleison Moreira, kongolik Joel Beya, marokashlik Saifeddine Bouhra, germaniyalik Anas Ouahim kabi mahoratli futbolchilar to‘p surmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turniri 3-turidan o‘rin olgan Andijon — Al-Xaldiya o‘yini 22-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:45 da start olishi ko‘zda tutilgan.
