Andijonning Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi raqibi haqida

16.09.2025Xalqaro maydon

Andijonning Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi raqibi haqida

17-sentyabr kuni Andijon klubi Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi yurishini boshlaydi. Burgutlar dastlabki turni o‘tgan mavsum bo‘lib o‘tgan OFK Chaqiruv Ligasi musobaqasining amaldagi chempioni — Turkmanistonning Arkadag‘ klubiga qarshi o‘tkazadi.


Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalib o‘tamiz.


Arkadag‘ klubi uzoq tarixga ega klub emas. Jamoa 2023-yilning 1-aprel sanasida tashkil topgan.


Jamoa o‘z uy uchrashuvlarini Arkadag‘ shahrida joylashgan Arkadag‘ stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon o‘z bag‘riga 10 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladi.


Klub 2 karra Turkmaniston chempioni, 2 karra Turkmaniston kubogi sohibi hisoblanadi. 


Jamoa o‘tgan mavsum o‘z tarixida birinchi marotaba OFK tomonidan o‘tkaziladigan musobaqa - OFK Chaqiruv Ligasida ishtirok etdi va debyut mavsumining o‘zidayoq musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Jamoa finalda Kambodjaning Preah Khan Reach Svay Riyeng klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.



Andijonning Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi raqibi haqida

Jamoa Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda 8 ta o‘yin o‘tkazgan. 6 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va 2 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan.


Jamoani ayni paytda 41 yoshli mahalliy mutaxassis Ahmet Allaberdiyev boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis klub boshqaruviga kelgunga qadar Turkmanistonning U17 terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.


Arkadag‘ jamoasi futbolchilari Turkmaniston milliy terma jamoasining o‘zagini tashkil etadi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan CAFA Nations Cup musobaqasiga Turkmaniston terma jamoasi Arkadag‘ klubidan 16 nafar futbolchi jalb etildi.



Andijonning Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi raqibi haqida

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Arkadag‘ - Andijon o‘yini 17-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da start oladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar