Andijondagi tadbir sababli Andijon – Surxon bahsi sanasi o‘zgardi

13.04.2025O‘zbekiston kubogi

Andijondagi tadbir sababli Andijon – Surxon bahsi sanasi o‘zgardi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Andijon – Surxon o‘yini 16-aprel sanasiga rejalashtirilgandi. Mazkur bellashuv Andijon shahridagi siyosiy tadbirlar sabab bir kun keyinga ko‘chirildi.


15-17-aprel kunlari Davlat rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi rejalashtirilganligi sababli klubning kubok doirasidagi Surxonga qarshi bellashuvi 17-aprel kuni 19:00 ga belgilandi.


O‘z navbatida, Surxon jamoasining Superliga 6-turi doirasidagi Navbahorga qarshi bahsi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar