Andijon klubini vaqtinchalik Artyom Petrosyan boshqaradi
06.05.2025Superliga

Klub bu haqda Ligaga ma’lum qildi.
Ma’lumotda aytilishicha, jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zaro kelishilgan holda bekor qilingan. Shundan kelib chiqib, yordamchi murabbiy Artyom Petrosyan vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaradi.