Andijon jamoasi xalqaro maydonda o‘ynaydigan O‘zbekistonning 12-klubi bo‘ladi
17.09.2025Xalqaro maydon

O‘tgan yili O‘zbekiston kubogi musobaqasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan Andijon klubi bu yil Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida ishtirok etadi.
Shu paytgacha Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan klublar miqyosidagi musobaqalarda 11 ta o‘zbek klubi ishtirok etgandi. Andijon jamoasi ushbu ro‘yxatda 12-o‘zbek klubi bo‘ladi.
Quyida OFK turnirlarida ishtirok etgan jamoalarimiz va ularning natijalari bilan tanishamiz:
Paxtakor - Osiyo Elit chempionlar ligasida 20 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.
Bunyodkor - Osiyo Elit chempionlar ligasida 10 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.
Nasaf - Osiyo Elit chempionlar ligasida 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final. Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 3 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chempionlik.
Lokomotiv - Osiyo Elit chempionlar ligasida 5 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.
Neftchi - Osiyo Elit chempionlar ligasida 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — 3-o‘rin. Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 2 marta qatnashgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.
OKMK - Osiyo Elit chempionlar ligasida 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.
Do‘stlik - Osiyo Elit chempionlar ligasida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.
Mash’al - Osiyo Elit chempionlar ligasida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.
Navbahor - Osiyo Elit chempionlar ligasida 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.
Sho‘rtan - Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final.
So‘g‘diyona - Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.