Andijon jamoasi bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Andronikashvilining faoliyatiga nazar tashlaymiz

06.01.2026Superliga

Andijon jamoasi bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Andronikashvilining faoliyatiga nazar tashlaymiz

Yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yayotgan Andijon klubi gruziyalik yarim himoyachi Aleksandre Andronikashvilini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.


Andronikashvili 1999-yilning 9-aprel sanasida Gruziyaning Tiflis shahrida tavallud topgan. 


U faoliyatini asosan Gruziya chempionatida oʻtkazgan boʻlib, bungacha “FS 35”, “Lokomotiv” (Tbilisi), “Shukura” va “Dila” klublarida toʻp surgan. Futbolchi o‘tgan mavsum “Dila” safida 33 ta oʻyinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi. Jamoasi bilan mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, mavsum yakunida Liganing ramziy jamoasidan o‘rin oldi. 


Futbolchi xalqaro maydonda ham o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan. U Gruziya U21 terma jamoasi safida Yevropa chempionati saralash uchrashuvlarida ishtirok etib, Fransiya va Shveysariya kabi kuchli futbol maktablariga ega terma jamoalarga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgan.

Andijon jamoasi bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Andronikashvilining faoliyatiga nazar tashlaymiz
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar