Aleksandr Xomyakov: Natija qachon yaxshilanadi? Bilmayman

15.09.2024Superliga

Aleksandr Xomyakov: Natija qachon yaxshilanadi? Bilmayman

Superligada 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Ikkinchi davrani omadsiz tarzda boshlagan Andijon bu tur o‘z maydonida Lokomotivni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hamma ko‘rdi. Bugungi uchrashuvda har tomonlama ishlarimiz yurishmadi. Birinchi taymda yomon va asabiy o‘ynadik. Ikkinchi bo‘lim boshida gol o‘tkazib yuborganimizni ko‘rdinglar. Javob golini urdik. Lekin, afsuski, oxirgi daqiqada yana to‘p o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradik. Raqibni tabriklayman. 

Andijon beshinchi o‘yindirki mag‘lubiyatga uchrayapti. Bu Andijondek jamoa uchun ko‘p emasmi?

Biror nima deyishim qiyin. 5 ta mag‘lubiyat. Fikr aytishim og‘ir. Albatta, bu ko‘p. Siz mag‘lubiyat omilini aytib bera olasizmi?

Yo‘q.

Qanday qilib yana kuchli mashg‘ulot o‘tkazish mumkin? Ayta olasizmi? Lokomotiv bizdan yaxshi o‘ynadi, deb o‘ylaysizmi?

Gʻalaba qozongan jamoa odatda tahlil qilinmaydi.

To‘g‘ri aytdingiz, yutgan jamoa hech qachon muhokama qilinmaydi. Yomon o‘ynayapmiz, natijalar o‘xshamayapti. Buni tan olaman. Biz yaxshi natijalarni xohlayapmiz, harakat qilyapmiz. Bizga mahorat yetishmayapti. Qaysidir joylarda aniqlik yetishmayapti. 

Unda qachon natija bo‘ladi?

Yaxshi savol berdingiz. Bilmayman, qachon natija bo‘lishini. Ammo harakat qilyapmiz. Har bir o‘yinga xuddi oxirgisidek jangovar ruhda chiqyapmiz. Biroq bizga nimadir yetishmayapti. 

Jamoa ichida qandaydir muammolar yo‘qmi?

Jamoa ichida hammasi joyida. Hech qanaqa muammolar yo‘q. Doim harakatdamiz, mashg‘ulotlarimiz ham yaxshi o‘tyapti. Rejalashtirganlarimiz o‘xshayapti, biroq maydonda boshqa futbol. 

Kecha Navbahor bosh murabbiyi Sergey Lushchan Nasafga qarshi bahsdan keyin faqat 5-oktyabr kuni bo‘ladigan Kubok finalini o‘ylayotganini aytdi. Balki Andijonda ham shunday o‘y-xayol bo‘layotgandir...

Bilasizmi, qanday qilib bunday ajoyib muxlislar bor joyda o‘yinni o‘ylamasdan finalni o‘ylash mumkin? Bizga har bir uchrashuv muhim. Har bir bellashuvda yaxshi natija ko‘rsatish uchun maydonga chiqyapmiz. Bunday mag‘lubiyatlar o‘yinchilarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har bir o‘yinimizda xuddi Kubok finalidek chiqyapmiz. Ammo hozircha o‘ylaganlarimiz amalga oshmayapti.
Aleksandr Xomyakov: Natija qachon yaxshilanadi? Bilmayman
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda