Aleksandr Xomyakov: Biz yetarlicha tajribaga egamiz
04.10.2024O‘zbekiston kubogi
Ertaga Navbahor hamda Andijon jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur bellashuv oldidan har ikki jamoa a’zolari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab Andijon klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov hamda jamoa yetakchisi Farhod Sohibjonov ishtirok etdi.
Ertangi oʻyinni katta intizorlik bilan kutyapmiz. Bizni juda ulkan muxlislar armiyasi qoʻllab-quvvatlayotganini his qilyapmiz. Xohishimiz ham yuqori va maksimal darajada oʻynaymiz. Tayyorgarlikka kelsam, har bir chizigʻimizda yetarli darajada tayyorgarlik ishlarini olib bordik. Barchani va oʻzimizni xursand qilish uchun kerakli ishlarni amalga oshiramiz hamda munosib oʻyin koʻrsatamiz, deb umid qilaman.
Birinchi davrada jamoangiz yaxshi oʻynadi. Ikkinchi davrada hozircha koʻngildagidek emas. Bunday holatda Kubok finaliga qanday tayyorgarlik koʻrildi?
Albatta, bizda bir qator muammolarimiz bor va biz bularni hal qilishga harakat qilyapmiz. Jamoada gʻalabalar seriyasi kamayib ketgan. Kubok finali biz uchun nihoyatda ahamiyatli uchrashuv. Shu bois yaxshi tayyorgarlik koʻrdik. Muammolarimiz bor edi. Ularni bartaraf qilishga harakat qildik. Bu biz uchun birinchi final. Oʻyinga qiziqish katta. Xissiyotlar ham yuqori. Muxlislarimizni gʻalaba bilan quvontirishga harakat qilamiz.
Agar nomlarga va qogʻozga eʼtibor qaratsak, Navbahor kuchliroq koʻrinmoqda. Bu holatda Andijon qanday uslub bilan yoki nimaning evaziga gʻalaba qozonmoqchi?
Ha, men ham fikrlaringizga qoʻshilaman. Navbahor nisbatan tajribaliroq. Mahoratli oʻyinchilari bor. Xalqaro maydonlarda toʻp surishgan. Lekin biz ham bu borada yetarlicha tayyorgarlik koʻryapmiz. Koʻpchilik uchun bu birinchi final. Jiddiy tayyorlanganmiz va ertaga maydonda isbotlaymiz. Raqibni tajribali oʻyinchilari bor degani bu gʻalaba qozonadi, degani emas. Biz yetarlicha tajribaga egamiz. Ertaga buni maydonda koʻrsatamiz.
Andijon gʻalabalarini koʻpincha Bektemir Abdumannonov va Farhod Sohibjonovni faolligi evaziga qoʻlga kiritdi. Ammo Abdumannonovda faollik yoʻqolib qoldi. Final oldidan uning holati sizni qanchalik tashvishlantiryapti?
Bizdagi barcha 23 nafar futbolchi yaxshi tayyorgarlik koʻrmoqda. Ularning barchasi ertaga maydonga tushishga tayyor. Faqatgina Abdumannonov bilan emas, boshqa oʻyinchilarda ham pasayish holatlari yuzaga keladi. Oʻylaymanki, u bilan barchasi ortda qoldi va ertaga maydonga tushsa, yaxshi oʻyin koʻrsata oladi.
Oʻtgan yili Andijon yarim mavsum davomida uy oʻyinlarini “Istiqlol” stadionida oʻtkazishga majbur boʻlgan. Bu jamoaga oldindan ishonch va motivatsiya beryaptimi? Yaʼni, sizlarga yordam beradimi?
Albatta, muxlislarning faol olqishlashi bizga yordam beradi. Barchamiz bu narsani sezib turibmiz. Masʼuliyatni juda yaxshi tushunyapmiz. Bu savolga javob berishim qiyin.
Kubok qoʻlga kiritilsa futbolchilarga avtomobil sovgʻa qilinishi rostmi?
Bilmayman. Keling, avval Kubokni yutaylik. Keyin bu haqida gaplashamiz. Asosiy maqsadimiz Kubokni qoʻlga kiritish.
Ertaga Andijon hujumkor oʻyin koʻrsatadimi yoki himoyaviy futbolmi?
Raqib qanday oʻyin koʻrsatishidan kelib chiqib oʻynaymiz. Hozirdan bir narsa deyishim qiyin boʻlsa kerak. Jamoalar bir-birini kuchli va kuchsiz tomonlarini juda yaxshi biladi. Kamroq xato qilgan jamoa yutsa kerak.
Farhod Sohibjonov: Buni tarixiy oʻyinligini hamma biladi. Ancha yaxshi tayyorgarlik koʻryapmiz. Xudo xohlasa, yaxshi boʻladi, deb oʻylayman.
Oʻzimda ham birinchi marta. Baribir xayajon boʻladi. Ertaga oʻyinda hammasini koʻrsatamiz.
Toʻgʻri, Istiqlol bizga tanish stadion. Ertangi oʻyinda moslashishimiz oson boʻladi, deb oʻylayman.
Agar ochiq oʻyin qiladigan boʻlsa, “Andijon”ga plyus boʻladi, qarshi hujumlarda...